SILIKATLAR

SILIKATLAR (lot. silex chaqmoqtosh) — silikat kislotalarning tuzlaridan iborat murakkab moddalar. Kristallar shaklidagi Silikatlar tabiiy birikmalar ichida juda koʻp uchraydi. Tabiiy Silikatlarning kimyoviy tarkibi va tuzili shi juda murakkab boʻlganligidan ularni faqat rentgen analizi yordamida oʻrganish mumkin. Silikatlarning struktura nazariyasiga koʻra, barcha kristall shakldagi Silikatlar asosini [SiOJ4~ tarkmbli tetraedrlar tashkil qiladi. Tetraedrning markazida Si4+ ioni boʻlib, uni 4 ta kislorod ioni qurshab olgan. Silikatlar tabiatda turli sharoitlarda hosil boʻlishi mumkin. Silikatlar otqindi va metamorfik togʻ jinslarni tashkil etuvchi minerallardir; baʼzi Silikatlar (mas, gillar, seolitlar) nurash natijasida hosil boʻladi. Silikatlarning xossalari ularni tashkil etuvchi tetraedrlarning xiliga, tarkibida suv boryoʻkligiga va b. omillarga bogʻliq. Koʻpchilik Silikatlar kimyoviy jixatdan barqaror; ular kislotalar taʼsiriga chidamli. Ularning rangi tarkibidagi kationlar tabiatiga boglik,. S. ning qattiqligi Moos shkalasi boʻyicha 4 dan 7 gacha, zichligi 2—4 g/sm3. S. da izomorfizm xrdisasi keng tarqalgan; shunga kura, turli Silikatlar oʻzaro izomorf aralashmalar (maye andaluzit, sillimanit, kianit va b) hosil qiladi. Silikatlar tabiatda keng tarqalgan boʻlib, Yer pusti massasining 3/4 qismini tashkil etadi. Barcha maʼlum minerallarning taxm. 1/3 qismi Silikatlar dir. Silikatlarning sanoat miqyosidagi ahamiyati katta. Ularning baʼzilari xom ashyo, ruda (nikelning silikatli rudalari, berilliy, litiy S. va h. k.), baʼzilari nometall foydali qazilma (mas, slyuda, talk, gil, dala shpatlari, asbest) va qurilish materiali (granit, bazalt va b.), qimmatbaho va ziynat toshlari (zumrad, topaz, granat, berill va b.) sifatida ishlatiladi. Silikatlar parchalanishi natijasida kvars (qum) SiO2 hosil boʻladi; alyumosilikatlar parchalanganida esa, kum va kaolin H4Al2Si20 hosil buladi.

Tabiiy Silikatlar bilan bir qatorda sunʼiy Silikatlarning ham a. xamiyati juda katta. Tabiatdagi deyarli barcha S, shuningdek, tabiatda uchramaydigan yoki kam uchraydigan Silikatlar sunʼiy usulda olingan. Sunʼiy Silikatlar tarkibi va tuzilishi jihatdan maʼlum darajada bir xil boʻlganligi uchun ularning xossalarini oʻrganish osonroq. Sunʼiy Sdan, ayniqsa, shisha, sement, keramika, sir, olovbardosh materiallar va b. ning ahamiyati muhim.

Komil Tojiyev.

Prev Article

SILIKAT GʻISHT

Next Article

SILIKONLAR