SIMMETRIYA (biologiyada) , biosimmetriya — tirik organizmlar qismlarining fazoviy oʻzaro mutanosib joylashuvi xususiyatlari. Biologik obyektlar strukturaviy Simmetriya sini aniklash ularning tashqi koʻrinishi va ichki tuzilishini aniq tavsif etish imkonini beradi. Strukturaviy Simmetriya biologik obyektlar struktura elementlarining izchil takrorlanishi tarzida namoyon boʻladi. Strukturaviy Simmetriyaga koʻra, obyektning simmetrik koʻrinishi uning struktura elementlari, yaʼni obyektning bir xil qismlari tartibini belgilovchi geometrik elementlar (nuqta, chiziq, tekisliklar) bilan taʼriflanadi. Floks oʻsimligi gulining Simmetriyasi bunga misol boʻla oladi. Kapalak gavdasi Simmetriyasi uni oʻng va chap deb ataladigan 2 qismga, yaʼni tekislikka boʻlib turadi. Bunday tekislikning har biri ikkinchisining koʻzgudagi aksiga aynan oʻxshash boʻladi.
Tirik tabiatda Simmetriyaning bir necha xili uchraydi. Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi davomida Simmetriya shakli ham oʻzgarib borgan. Mac, tiriklik rivojlanishning ilk davrlarida nuqtali Simmetriya li, toʻgʻri koʻp burchakli va sharsimon Simmetriya li organizmlar keng tarqalgan. Evolyutsiyaning yuqori bosqichlarida oʻsimlik va hayvonlar uchun, asosan, aksial Simmetriya va aktinomorf Simmetriya xos. Aksial Simmetriya li organizmlar p tartibli Simmetriya oʻqiga ega. Aktinomorf Simmetriya li bioobyektlar esa p tartibli S. oʻqi va bu oʻqni kesib oʻtgan t ta tekislikka ega boʻladi. Tirik tabiatda asimmetriya va ikki tomonlama, yaʼni bilateral S. keng tarqalgan. Asimmetriya koʻpchilik oʻsimlik turlarining barglari, ikki tomonlama S. odam, umurtqali hayvonlar va koʻpchilik umurtqasizlar uchun xos. Biologik obyektlar S. sini oʻrganish ularning tuzilishi, kelib chiqishi, rivojlanishi, xossalari va funksiyasini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi.