SIN

SIN — Xitoydagi imperatorlar sulolasi (mil. av. 221—207). Asoschisi — Sin Shixuandi. Poytaxti — Syanyan sh. S. hukmronligi davrida Xitoy tarixida ilk marotaba markazlashgan davlat tuzilgan; mamlakat hududi 36 ta okrugga taqsimlangan, ularni imperator tomonidan tayinlangan amaldorlar boshkargan. Shim. va Jan. da olib borilgan tinimsiz urushlar, Buyuk Xitoy devori va koʻplab saroylarning qurilishi soliqlarning koʻpayishiga sabab boʻlgan. Mil. av. 209-y. oxiri — 208-y. boshida mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni koʻtarilgan. Unga Chen Shen, U Guan, Lyuban va b. rahbarlik qilgan. Mil. av. 207-y. okt. da Lyu Ban armiyasi Syanyanni egallagan, Sin sulolasi tugatilgan.

Prev Article

SINXAY

Next Article

SIN