SIRDARYO

SIRDARYOSirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi shahar, tuman markazi. 1971-y. gacha shahar posyolkasi. Toshkentdan 80 km jan. gʻarbda, ToshkentXovos t. y. dagi stansiya. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Viloyat markazi (Guliston)dan 40 km. Aholisi 30 ming kishidan ziyod (2002). Sirdaryoda tuman hokimiyati binosi, sanoat, transport, aloka, qurilish korxonalari, banklar mavjud. Paxta tozalash, sut, non, gʻisht z-dlari, MTP, 3 qoʻshma, 80 xususiy va kichik korxona, 50 dan ziyod firma, qandolatchilik, kvas va limonad i. ch. korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, supermarket, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, ped. kolleji, bolalar sanʼat maktabi, sport maktablari, kasb-hunar maktabi, markaziy stadion, tuman markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 3 madaniyat uyi, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari bor. Yangi qurilgan avtovokzal, kasalxona, dorixona va b. savdo, maishiy obyektlar ishlab turibdi.

Prev Article

SIRANUSH

Next Article

SIRDARYO VILOYATI