Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

SKEPTITSIZM

SKEPTITSIZM (yun. skeptikos koʻrib chiquvchi, tadqiq qiluvchi) — haqiqatning biron ishonchli mezoni mavjudligiga shubha bilan qaraydigan falsafiy nuqtayi nazar. Uning vakillari obyektiv voqelikni idrok qilish mumkinligiga shubha qiladilar. S antik jamiyat inqirozga yuz tutgan davrda yuzaga keldi. Skeptitsizmning oʻta shakli agnostitsizmamr. Uning rivojlanishini 3 davrga ajratish mumkin: ilk Skeptitsizm (Pirron), Platon akademiyasi Si (Arkesilay, Karnead), soʻnggi davr S. i (Enesidem, Sekst Empirik va b.). S. ning yirik namoyandalaridan boʻlgan D. Yum fikricha, garchi obyektiv reallik mavjud, degan ishonch kuchli boʻlsada, bu ishonchni na fan, na amaliyot tasdikladi. Yum tabiat va undagi xrdisalarni bilishda shubhalanadi. Uningcha, tabiat oʻz sirini odamlardan uzoqda tutadi. Yangi davr (16—18-a. lar) da Skeptitsizm hurfikrlilik, diniy va falsafiy aqidalarning tanqidi (M. Monten, P. Veyl va b.) sinonimiga aylangan.

Prev Article

SKELET

Next Article

SKERSO