SLOVAKIYA FANLAR AKADEMIYASI — Slovakiya Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1953-y. Bratislava sh. da tashkil etilgan. Dastlab 14 ilmiy muassasasi boʻlgan. 50 dan ortiq akad., 60 dan ziyod muxbir aʼzosi, 50 ga yaqin ilmiy muassasasi bor. Bir qancha jur. nashr etadi.