SMIT (Smith) Vernoy (1927, AQSH, Vichita, Kanzas shtati) — amerikalik iqtisodchi. Kaliforniya texnika in-ti bakalavri (1941), Kanzas un-ti magistiri (1951), Garvard un-ti d-ri (1955). Jorj Meyson un-tida prof. Smit iqtisodiy tahlilda empirik usullardan foydalanishni olgʻa surgan. Muqobil bozor mexanizmlarini keng oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (2002; D. Kanetan bilan birgalikda).