SOCH

SOCH (Pastor roseus) — chumchuqsimonlar turkumining shaqshaklar oilasiga mansub kush. Tanasining uz. 23 sm cha. Narining bosh va boʻynidagi patlari qorabinafsha tusda, metall kabi yaltiraydi, dum va qanot patlari qora, yashilbinafsha rangda, qolgan joylari pushti. Oyoqlari qizilqoʻngʻir. Tumshugʻi kalta, yoʻgʻon. Boshida uzun kora patli kokili bor. Modasi oqishroq, yosh individlari sargʻish, qum St. rangda. Uyasini koloniya boʻlib, qoya, jar va b. yerlarga quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. JanSharqiy Yevropa, Jan. Gʻarbiy Sibir, Old va Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Mart oyidan Oʻzbekistonda ham uchraydi. Asosan, chigirtka va b. zararli hasharotlar bilan oziklanadi. Uzum, gilos, olcha kabi mevalarni yeb, bogʻdorchilikka kisman zarar keltiradi.

Prev Article

SOTSIOMETRIYA

Next Article

SOCH OQARISHI