SODALIT

SODALIT — sinchli alyumosilikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Na8[AlSiO4J6CL2. Kimyoviy tarkibi Na2O25%, A12O331%, SiO2—37%, S1 — 7%. Kub singoniyada kristallanadi. Donador agregatlar hosil qiladi, nefelin kristallari atrofida hoshiya koʻrinishida boʻladi. Rangi moviy, sargʻish, yashilboʻz, baʼzan pushti. Qattikligi 5,5—6, zichligi 2,3—2,5 g/ sm3. Moʻrt. Sodalit ishqorli magmatik, asosan, effuziv jinslarning birlamchi mineralidir. Qoʻshimcha anionlari tarkibida neogen, gayuin, lazurit va b. bor. Oʻzgarishlar natijasida natrolitga, kamroq seritsit, diaspor, gidroargillit va h. k. ga aylanadi. Natriysi koʻp ishqorli togʻ jinslarida nefelin hisobiga hamda kontaktmetasomatik karbonatlarda hosil boʻladi. Turlari: gakmanit, molibdosodalit (M0O3 2,8% gacha), gidroslyudit, bunda xlorning bir qismi (ON)ga aralashgan boʻladi. Oʻrta Osiyo, Kavkaz (Armaniston), Ukraina, RF (Ural, Krasnoyarsk oʻlkasi), Norvegiya, Kanada va b. joylarda tarkalgan. Bezak toshi.