SODDI

SODDI (Soddy) Frederik (1877.2.9, Istborn — 1956.22.9) — ingliz radiokimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1910-y. dan). Oksford un-tini tugatgan (1898). 1900—02 y. da Monrealdagi MakGill un-tida E. Rezerford b-n, 1903—04 y. larda London un-tida U. Ramzay bilan ishlagan. Glazgo un-tida dars bergan (1904—14), Aberdin (1914 — 19) va Oksford (1919—36) un-tlarida prof. Asosiy ilmiy ishlari radioaktivlik tadqiqotiga oid. E. Rezerford b-n hamkorlikda toriyX (radiy224) radioelementa ni kashf etdi (1902) va 2 ta emanatsiya (radon220 va radon222)ning kimyoviy inertligini isbot qildi, radioaktiv parchalanish nazariyasi asoslarini ishlab chikdi (1902), «yarim yemirilish davri» tushunchasini fanga kiritdi. U. Ramzay bilan hamkorlikda radiy va radon radioaktiv parchalanganda geliy hosil boʻlishini isbot qildi. O. Gan va L. Meytnerlarga bogʻliq boʻlmagan holda protaktiniyni kashf etdi. Nobel mukofoti laureati (1921). Uning sharafiga mineral (soddi) nomlangan.