SODIQOV

SODIQOV Karim (1927.5.5 Toshkent — 1987.21.11) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), falsafa fanlari d-ri (1969), prof. (1971). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1950). Shu un-t falsafa kafedrasida oʻqituvchi, dotsent, mudir (1953—67), ijtimoiy ftlar falsafa kafedrasining dotsenti (1967—68), tabiatshunoslik ftlari falsafa kafedrasining mudiri (1968-y. dan). Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa sohasiga bagʻishlangan.