SODIQOV Saodat Sodiqovich

SODIQOV Saodat Sodiqovich (1910, Koʻqon — 1995.3.1. Toshkent) — genetik olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Urta Osiyo paxtachilik va ipakchilik in-tini tugatgan (1932). SoyuzNIXI ning Markaziy seleksiya st-yasida katta ilmiy xodim (1937—39), 1939—42 yillarda Armiya safida. Oʻzbekiston Davlat nazorati vazirligi xodimi (1942—48). 1948-y. dan Usimliklar eksperimental biologiyasi in-tida gʻoʻza amaliy genetikasi laboratoriyasi mudiri (1950—63 yillarda shu in-t direktori). Ilmiy ishlari gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi, radiobiologiya, gʻoʻzaning viltga chidamlilik genetikasi, fiziologiyasi va biokimyosi masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1996).

As: Sovetskiy yegipetskiy xlopok v Oʻzbekistane, T., 1939; Povыsheniye skorospelosti i urojaynosti xlopchatnika, T., 1972.