SOFISTIKA

SOFISTIKA (yun. sophistike — hiylagarlik bilan munozara olib borish) — 1) Yunonistonda sofistlar yaratgan falsafiy oqim. Uning yirik vakillari: Gorgiy (taxminan mil. av. 483—375), Protagor va b. ;

2) mantiq qonunlarini atayin buzib, yolgʻon dalillarga asoslangan holda muhokama yuritish. Sofistika tashqi tomondan toʻgʻri boʻlib tuyuladigan, aslida esa mantiqiy xato mulohazalarga tayanadi (yana q. Sofizm).

Prev Article

SOFIZM

Next Article

SOFIYA