SOFISTLAR (yun. sophistes — mohir, dono) — 1) Yunonistonda akdli, bilimdon kishilar, maxsus hunar egalari;
2) mil. av. 5-a. ning 2-yarmi — 4-a. ning 1-yarmida Yunonistonda donolik va chiroyli soʻzlashuvga oʻrgatuvchi oʻqituvchilar, faylasuflar. Ular maʼlum miqdordagi haq olish evaziga kishilarga munozara olib borish sanʼatini, raqibining mulohazalaridagi zaif tomonlarni topib, ularga zarba berish, oʻz fikrini boshqalarga oʻtkazish, munozarada yengib chiqish usullarini oʻrgatishgan. Bunda sofistika uslubidan foydalanishgan. Shu maqsadda raqibni dovdiratib qoʻyadigan mantiqiy sofizm va paradokslar oʻylab chiqarishgan. Protagor, Gorgiy, Gippiy, Prodik va b. mashhur Sofistlar dir. Sofistlar alohida bir maktabni tashkil etishmagan. Pekin ularning etika, siyosat, bilish nazariyasi sohasiga qiziqishlarida umumiy tomonlari bor. Mil. av. 5-a. da Yunoniston maʼnaviy hayotida falsafaning tadqiqot obyektini dunyo muammolaridan inson va uning maʼnaviy olami muammosiga burish koʻzga tashlanadi. Sofistlar «inson hamma narsalarning oʻlchovidir» degan gʻoyaga tayanib ish yuritishgan. Aristotel S. ni «soxta donolik oʻqituvchilari» deb atagan.