SOGNEFYORD

SOGNEFYORD — Shimoliy dengizdagi qoʻltiq. Skandinaviya ya. o. ning jan. gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinida. Norvegiyadagi eng yirik fyordlaraan. Uz. 204 km, eni 6 km, eng chuqur joyi 1208 m. Tik qoyali qirgʻoklarining bal. 1500 m ga yetadi. Yon tomonlarida tarmoklari bor, ularning ayrimlari muz bilan qoplangan. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi. Turizm rivojlangan.