Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

SOʻK

SOʻK — oqlangan tariq. Dexdonchilik bilan shugʻullanadigan aholi oʻrtasida juda qadimdan tayyorlangan. Xonaki usulda Soʻk olish usuli: tariq katta qozonda bir kaynatib olinadi, yoyib quritiladi, qozonda qovuriladi. Qovurilgan tariq oʻgʻirda yanchib oqlanadi. Soʻkni sutga (6—8 soat) ivitib isteʼmol qilish mumkin, undan talqon, soʻk oshi tayyorlanadi.

Hozirgi davrda yorma sanoati korxonalari oklangan xom Soʻk (yorma) savdo doʻkonlarida sotiladi.

Prev Article

SOʻZOQ SVITASI

Next Article

SOʻK OSHI