SOKOLOV Nikolay Petrovich

SOKOLOV Nikolay Petrovich (1899, Tula gubernyasi — 1971, Andijon) — genetik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), prof. (1958). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgach (1924), biol. kafedrasida assistent (1924—28), dotsent (1928—32), Oʻzbekiston eksperimental tibbiyot i. t. instituti biol. boʻlimi mudiri (1932— 56), Andijon tibbiyot in-ti umumiy biol. kafedrasi mudiri (1956—58), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1958— 69). Ilmiy ishlari exinokokk biol. si va Oʻzbekistonda bezgak kasalligiga qarshi biologik kurash usullariga oid.

As: Gambuzii i ix rol v borbe s malyariyey, T., 1939; Exinkokkovыye zabolevaniya i ix profilaktika na novыx zemlyax osvoyeniya, T., 1959; Nasledstvennыye bolezni cheloveka. T., 1965.