SOLIYEVA Farida Ismoiljonovna (1951.25.3, Buloqboshi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998). Toshkent chet tillar pedagogika in-tini tugatgan (1973). 1973-y. dan Buloqboshi tumanidagi 17maktabda fransuz tili oʻqituvchisi. Darsda texnika vositalaridan unumli foydalanadi.