SOLIQ ISLOHOTLARI

SOLIQ ISLOHOTLARI — soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiklashtirish asosida soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq yordamida iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat tadbirlari. Iqtisodiyotni isloh qilishining muhim, ajralmas qismi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Soliq islohotlari strategiyasi huquqiy va demokratik davlatni barpo etish konsepsiyasi asosida shakllanmoqda. 1991-y. dan boshlab Oʻzbekistonda oʻtkazilgan Si. ni 3 asosiy bosqichga boʻlish mumkin: 1-bosqich — 1991—94 y. larda soliqqa oid qonun hujjatlarini yaratish; tamomila yangi soliqlar va toʻlovlar tizimini barpo etish va ularni xoʻjalik amaliyotiga joriy etish; moliyaviy mablagʻlarni i. ch. infratuzilmasini rivojlantirish, oʻz-oʻzini strategik resurslar bilan taʼminlashga erishish maqsadlarida qayta taqsimlash; narxlarning oʻsishi va i. ch. ning pasayishi sharoitida aholining turmush darajasi pasayib ketmasligi va ijtimoiy barqarorlikni saqlash; mustaqil tizim sifatida davlat soliq xizmatini shakllantirish vazifalari bajarildi. 2bosqich — 1995—99 y. larda soliq tizimini takomillashtirish va korxonalarga nisbatan soliq yukini kamaytirish boʻyicha Soliq islohotlari amalga oshirildi. Bu davrda soliqdarga doir mavjud qonun hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi ishlab chiqildi va 1997-y. da qabul qilindi.

3bosqich — 2000-y. dan boshlb Si. qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar asosida fuqarolar va korxonalar uchun solik, yukini yanada kamaytirish, ayrim soliq turlarini bekor qilish, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, samarali soliq tizimi tamoyillarini yanada toʻliq roʻyobga chiqarish, jahon andozalariga mos soliq tizimini bosqichmabosqich barpo etishga yoʻnaltirilgan.

Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda Soliq islohotlari davriy oʻtkazib turiladi. Muayyan soliq turini joriy etish yoki bekor qilish, ayrim turdagi solikdar ulushini oshirish yoki kamaytirish. soliq daromadlarini qayta taqsimlash va b. koʻrinishlarda amalga oshiriladi (q. Soliqlar).

Toshpoʻlat Mirzayev.