SOLISHTIRMA OGʻIRLIK

SOLISHTIRMA OGʻIRLIK — bir jinsli jismning hajm birligiga toʻgʻri keluvchi ogʻirligi: u =P/V, bunda R — jism ogʻirligi, V — uning egallagan hajmi. Solishtirma ogʻirlik jismning zichligi r va erkin tushish tezlanishi g orqali ham ifodalanishi mumkin: ^SP Muayyan jism Solishtirma ogʻirlik ining qiymati oʻlchov oʻtkazilayotgan joyning geografik kengligiga va Yer sirtidan balandligiga bogʻliq. Uning Xalqaro birliklar tizimi SIdagi oʻlchov birligi N/ m3.