SOLJENITSIN Aleksandr Isayevich

SOLJENITSIN Aleksandr Isayevich (1918.11.12, Shimoliy Kavkaz, Kislovodsk sh.) — rus yozuvchisi, dramaturg va shoir. Rostov un-tini tugatgan. 2-jahon urushida artilleriyada xizmat qilgan. 1945-y. fev. dan aksilshoʻroviy tashviqotda ayblanib hibsga olingan, 8 y. qamoqqa va undan keyin Sibir surguniga hukm qilingan. Moskva, Marfino, tZ Qozogʻistonning siyosiy mahbuslar qamoqxonalarida saqlangan. Stalin vafotidan soʻng — 1953-y. 5-martda kamoqdan chikkan. Mahbusligida oshqozon saratoni kasalligiga uchragan S. Toshkentga kelib, gospitalda nur muolajasida sogʻaygan. 1956-y. gacha Sibirning turli shaharlarida yurib, oʻqituvchilik qilgan, oklangach, Ryazanga oʻrnashgan. «Ivan Denisovichning bir kuni» qissasi qamoqda oʻtirgan kishining bir kuni haqida hikoya qiladi. Asar sovet adabiyotida katta voqea boʻlgan. Ammo koʻp oʻtmay Soljenitsin yana taʼqibga olingan, asarlari qatagʻon qilingan. Shunga qaramay, 1968-y. S. ning chet elda «Birinchi aylanada», «Saraton kasalliklari boʻlimi» romanlari bosilgan. Ushbu romanlardan soʻng Soljenitsinni taʼqib qilish yana ham kuchaygan. Chet elda bosilgan ikkala roman avtobiografik xarakterga ega boʻlib, birinchisi Marfinodagi qamoqxona, u yerdagi in-t haqida, ikkinchisi — oʻzi saratondan davolangan Toshkent kasalxonasida kechgan voqealarga bagʻishlangan. Tarjimai holi asosidagi «Buzoqcha bolut b-n suzishadi» (197591) asarida 196070-y. lar boshida SSSRda uning asarlari nashr etilishi bilan bogʻliq mojarolar tasvirlangan. 1973-y. davlat xavfsizlik komiteti tomonidan «GULAG arxipelagi» asarining qoʻlyozmalari musodara qilingan. Yozuvchi asarni qayta tiklab, Parijda chop ettirgan (1973). 2 oydan soʻng Soljenitsin qamoqqa olingan, davlatga xiyonatda ayblanib, SSSR dan chiqarib yuborilgan. S 1976—94 y. larda AQSHning Vermont shtatida yashagan. Rossiyaga 1994-y. qaytib kelgan. Nobel mukofoti laureati (1970).

As: Arxipelag GULAG, M., 1973.