SOLNOMA, tarixiy solnoma — mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy hayotida roʻy bergan muhim voqealar tadrijiy ravishda bayon etib borilgan yozma yodgorlik. S, odatda, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi tomonidan yozilgan (yana q. Yilnoma).