SOVOTKORI

SOVOTKORI, sovodkori — amaliy sanʼat (kandakorlik, zargarlik)da bezak yaratish usuli. Bezatilayotgan buyum sirtiga oʻyma naqshlar ishlanadi, oʻyiqlarga mis va qora qoʻrgʻoshin (zargarlikda, shuningdek, bir oz oltin va kumush xam) aralashtirib olovda qaynatib tayyorlanadigan qora modda — sovot surtiladi, soʻng pardozlanadi. Pardoxtangandan soʻng yuzada qoramtir tusli jozibador naqshlar hosil boʻladi. Baʼzan siyohi deb ham ataladi.