SOVPLASTITAL

«SOVPLASTITAL»OʻzbekistonItaliya qoʻshma korxonasi. Toshkent sh. da joylashgan. Plastmassa, rangli shisha, chinni, sogyul, yogʻoch va b. dan xalq isteʼmoli tovarlari va yuksak badiiy sovgʻa buyumlari — uy, ofis, meqmonxona, umumiy ovqatlanish korxonalari, dala hovlilarga moʻljallangan plastmassa mebellar va turli jihozlar, chinni, billur, rangli shishadan ishlangan roʻzgʻor buyumlari, santexnika jihozlari, rangli gullar va guldastalar — jami 800 dan ortiq nomdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Korxona tarixi 1969-y. da Toshkent sh. da sobiq SSSR Kime sanoatiga qarashli plastmassalarning atmosfera taʼsiriga chidamliligini oʻrganish lab. tashkil etilishidan boshlanadi. 1970-y. da laboratoriya i. t. va loyihatexnologiya boʻlimiga aylantirildi. 1974-y. da Oʻzbekiston maishiy kimyo va plastmassa buyumlari ishlab chiqaradigan «Oʻzmaishiykimyoplast» birlashmasi (1982-y. dan «Oʻzmaishiyplastika» ilmiyi. ch. birlashmasi) tashkil topdi.

1987-y. da birlashma va Italiyaning «AlmaRoze» firmasi bilan hamkorlikda OʻzbekistanItaliya «Sovplastital» qoʻshma korxonasi tuzildi. 1998-y. dan masʼuliyati cheklangan jamiyat (LTD) shaklidagi qoʻshma korxona. Uning tarkibida «MVM», «Sovplastital va Tabor», «Sovplastital va Sonya», «Italfud», «Toshinvestplast» shoʻba korxonalari bor. Qisqa davr mobaynida korxona Markaziy Osiyoda plastmassadan xalq isteʼmoli tovarlari va yuksak badiiy saviyadagi buyumlar i. ch. boʻyicha yetakchi korxonaga aylandi. Korxonaga xom ashyo va turli rangli konsentratlar Rossiya, Ukraina, Italiya, Qozogʻiston, Jan. Koreya, shuningdek, Shoʻrtan gazkimyo majmuidan olinadi.

Korxonada eng zamonaviy texnologiyalar, yuqori texnologik uskunalar, dizayn joriy etilgan, 4,4 mlrd. soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi, shu jumladan, eksport hajmi 352 ming AQSH dollaridan ortiq boʻldi (2002). Korxona koʻpincha xalqaro koʻrgazmalarda oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etgan va medallar, diplomlar, sovrinlar bilan mukofotlangan.

Korxona mahsulotlari Buyuk Britaniya, Kanada, Shveysariya, Rossiya, AQSH, Germaniya, Qozogʻiston va b. mamlakatlarga eksport qilinadi. Rossiya (Moskva, Nijniy Novgorod), Shveysariyada savdo uylari, Toshkent va Samarqand sh. larida firma magazinlari bor.

Aleksandr Melkumov.