SOVUN

SOVUN — tarkibida 8 tadan 18 tagacha uglerod atomi boʻlgan yuqori molekulali yogʻ, naften va smola kislotalarining tuzlari (q. Karbon kislotalar). I. ch. da va roʻzgʻorda (tovar S.) S. deganda karbon kislotalarning suvda eriydigan tuzlariga yuvuvchi taʼsirga ega boʻlgan baʼzi moddalarning qoʻshilmasi tushuniladi. Bu aralashmalarning asosini toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalari (stearin, palmitin, miristin, laurin va olein)ning natriyli (baʼzan, kaliyli va ammoniyli) tumari tashkil etadi. Mol. m. kichik kislotalar yuvuvchi taʼsirga ega emas, mol. m. katga kislotalar esa suvda yomon eriydi. Ishqoriy yer va ogʻir metallar (mis, simob va b.) ning tuzlari shartli ravishda «metall» S. deyiladi. Ularning koʻpchiligi suvda erimaydi, lekin uglevodlarda eriydi, bunday tuzlar plastik (konsistent) surkov materiali, loklar, plastifikatorlar va b. tayyorlashda qoʻllanadi. Suvsiz natriyli Sovun — qattiq modda, suyuqlanish t-rasi 250—260°. S. ga suv qoʻshilganda uning suyuklanish t-rasi pasayadi. Tovar Sovunning suyuqlanish t-rasi 100°. Qattiq Sovunning zichligi 1050 kg/m3 ga yaqin; suvsiz S, gifoskopik Sovunning yuvuvchi modda, hoʻllagich, emulgator, peptizator, surkov materiallari va b. sifatida keng ishlatilishining sababi Sovun molekulalarning oʻziga xos tuzilganligidir. Sovun — sirt faolmoddalaraan. Sovun suvli eritmalarda gidrolizlanadi. Sovun eritmasi ishqoriy reaksiyaga ega. Oʻta suyultirilgan Sovun ionlarga toʻliqdissotsiyalanadi. Qattik, suvda Sovunning yuvuvchi taʼsiri keskin pasayadi, chunki bunda suvda erimaydigan kalsiy va magniy tuzlari hosil boʻladi (q. Suvning qattiqligi).

Sovun qadimdan maʼlum yuvuvchi vositadir. Qadimgi gallar va germanlar yogʻlarni oʻsimlik kuli, ohak va tabiiy ishqorlar bilan ishlab Sovun tayyorlaganlar. 17-a. da potash (K2SO3) qoʻllab kaliyli suyuq («yashil») S. ishlab chiqarilgan. 1800-y. dan suyuq Sovunga qaynatish paytida osh tuzi bilan ishlov berish orqali qoʻlbola «qattiq va sariq» natriyli Sovun boshlangan. Ilk bor kalsinatsiyalangan sodadan foydalanib sanoat miqyosida Sovun ishlab chiqarish 18-a. oxirlarida amalga oshirilgan.

Maʼlumki, kir kiyimkechak va b. materiallarda turli yogʻlar boʻladi. Bunday materiallar suv bilan yuvilganda toza boʻlmaydi, chunki kir tarkibidagi yogʻlar hoʻllanmaydi. Sovun bilan yuvilganda Sovunning tortadigan qismi (yaʼni karboksil guruh) kir tarkibidagi yogʻlarni hoʻllaydi. Natijada materialdagi kir Sovun eritmasi b-n emulsiya hosil qiladi va suv bilan oson yuviladi.

Sovun neytral yogʻlarga oʻyuvchi ishqorlar taʼsir ettirib yoki yogʻ kislotalarini oʻyuvchi ishqorlar yoxud ishqorli karbonatlar bilan neytrallab olinadi. Sovun konsistensiyasiga koʻra, qattiq, mazsimon, suyuk, va poroshoksimon boʻladi; ishlatilish maqsadiga qarab kir S, atir S. va texnik Sovunga boʻlinadi; tayyorlash usuli boʻyicha yelimli va oʻzakli Sovunga ajraladi.

Natural va gidrogenlangan holdagi oʻsimlik yogʻlari, hayvon yogʻlari, sintetik yogʻ kislotalari, yogʻlarni tozalashda hosil boʻlgan chiqindilar, kanifol Sovun tayyorlash uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. Sovun pishirish uchun neytral va parchalangan yogʻlardan foydalaniladi.

Ad.: Abramzon A. A., Poverxnoaktivnыye veщyestva, 2 izd., L., 1981.

Sobirjon Aminov.