SOVUQDARA

SOVUQDARA — Sovuqsoy Tojikistondagi daryo, Katta Sovuqdara muzligidan boshlanadi. Orqa Olay tizmasi jan. yon bagʻirlari boʻylab oqadi. Uz. 64 km. Oltinmozor qishlogʻidan 2 km yuqorida Seldara daryosi bilan qoʻshilib Muksuv daryosini (Vaxsh daryosining jan. tarmogʻi) hosil qiladi. S qrr, muzliklardan toʻyinadi. Iyul—avg. da toʻlib oqadi.