SOVXOZ

SOVXOZ (rus. sovetskoye xozyaystva — sovet xoʻjaligi) — sobiq SSSRda q. x. da tashkil etilgan yirik davlat xoʻjaligi. 1918-y. dan boshlab tuzilgan. Oʻzbekistonda dastlabki Sovxozlar paxtachilik boʻyicha 1921-y. dan tashkil etila boshlagan. Sovxozlar 1994—1995-y. larda tugatilib, jamoa, soʻngra shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi.