SOYMALITOSH RASMLARI

SOYMALITOSH RASMLARIFargʻona tog tizmasining Koʻgart dovoni yaqini (Qirgʻiziston hududi)dagi qoyatoshlarga ishlangan tasvirlar. 1902-y. da topograf N. Xludov topgan. Dastlab I. Poslavskiy, keyinroq B. Zima, A. Bernshtam, Yu. Golyanduxin va b. tomonidan oʻrganilgan. Soymalitosh rasmlarining umumiy soni 10—12 mingdan ortiq boʻlib, bu yerda eng koʻp qoyatosh rasmlari toʻplangan. S p. turli davrlarda yaratilgan: mil. av. 3ming yillikda, yana bir qismi mil. av. 1ming yillikning 2-yarmida ishlangan; mil. 1—8-a. lar va undan keyingi davrlarga mansub rasmlar ham uchraydi. Soymalitosh rasmlari qattiq buyum, tosh bilan uriboʻyib soya, oddiy chiziqlar, narsalar shakli va naqshdor uslubda ishlangan. Yovvoyi buqa, ot, it, togʻ echkisi, arxar, qoplon, quyosh tasviri, chayla, oʻqyoy va b. bor; yer haydash, raqs lavhalari, qandaydir diniy marosimlarni bajarayotgan kishilarning tasvirlari ham uchraydi. Sanʼat obidasi boʻlgan Soymalitosh rasmlari Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi, hayoti, urfodatlari va b. ni oʻrganishda qimmatli manbadir.