SOZ

SOZ — 1) Markaziy Osiyoda musiqa cholgʻoʻ asboblarining umumiy ifodasi; 2) torlitirnama musiqa cholgʻu asbobi. Ozarbayjon, Eron, Turkiya va b. mamlakatlarda tarqalgan. Yogʻochdan yasaladi, noksimon kosasi pardalar bogʻlangan uzun dastasiga yelimlab ulanadi. Umumiy uz. 70—80 sm. 5 tadan 9 tagacha sim torlari mezrob bilan chalinadi. Ular, odatda, kvartakvintaga sozlanadi. S, asosan, oshiqlar, xonandalar qoʻshigʻiga joʻr cholgʻu asbobi sifatida, shuningdek, xalq cholgʻu ansambli tarkibida ishlatiladi.

Prev Article

SODIQOV

Next Article

SOZ TUPROQ