Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

SPENS

SPENS (Spence) Maykl (1943, Montkler, AQSH, NyuJersi shtati) — asli kanadalik amerikalik iqtisodchi. Prinston (1966) va Oksford (1968) un-tlarini tugatgan. Garvard un-tida iqgisodiyot dri. Asimmetrik axborotli bozorlar, mehnat bozori, tashqi signallar nazariyalari sohalaridagi tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (2001, J. Akerlof, J. Stiglis bilan birga).

Prev Article

SPENDIAROV

Next Article

SPENSER