STELLIT (ing. stellite — firmaning nomidan, lot. Stella — yulduz) — asosini kobalt (So) tashkil qiladigan quyma qattiq qotishmalar guruhining umumiy nomi. Tarkibida xrom (Sg, 2733%), volfram (W, 13—17%), kremniy (S, 1,8—2,5%) va b. elementlar boʻladi. Juda qattiq, yeyilishga chidamli va korroziyabardosh material. Yuqori tralarda ham qattiqligini saqlaydi. Stellit detal va asboblar (mas, klapanlar egarlari, gaz turbinalari kuraklari, kimyo apparatlari va b.)ning ish sirtiga suyuklantirib qoplash uchun ishlatiladi.