STOLYAROV Vladimir Pavlovich

STOLYAROV Vladimir Pavlovich (1918.15.7, Chorjoʻy — 1971.16.12, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq, rassomi (1958). Samarqand badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1933—37). Respublika yosh tomoshabinlar teatrida (1938—39), Respublika xalq ijodi uyida (1939-y. dan) ishlagan. Stolyarov amaliy sanʼat, bezak sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Xalq ustalari (kandakor, toʻquvchi, kashtadoʻz va b.) uchun badiiy buyumlar bezagi eskizlarini tayyorlagan. Uning eskizlari asosida yaratilgan badiiy buyumlar koʻrgazmalarda yuksak baholangan. Naaoiy teatri uchun sahna pardalari, kashtadoʻzlik («Gulkoʻrpa», popopda tikilgan, ipak, baxmal, 1965), zardoʻzlikSanʼat xalqnikidir», 1958; «Bayram», 1958, hamkorlikda; «Girix», 1962 va b., hammasi Amaliy sanʼat muzeyida) uchun yaratgan badiiy kompozitsiyalari, ayniqsa, diqqatga sazovor.

Next Article

STOMATIT