STUDIYA

STUDIYA (ital. studio — oʻqish, oʻrganish) — 1) rassom yoki haykaltarosh ustaxonasi;

2) rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan maktab;

3) ijodiy faoliyat bilan bir qatorda sahna (yoki tasviriy) sanʼati asoslarini oʻrganadigan, asosan, yoshlardan tashkil topgan teatr (yoki rassomlar) jamoasi. Studiyaning professional va xavaskorlik turlari bor;

4) badiiy va b. filmlar yaratuvchi ijodiy va texnik kino xodimlari jamoasi;

5) radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar olib boriladigan maxsus bino (radiostudiya, telestudiya);

6) ovoz yozish xonasi. Musiqiy asarlar ijrolarini elektr (magnitofon kabi) va elektron (sintezator va b.) vositalar yordamida yozib olib fonogramma tayyorlaydigan maxsus joy (mas, «Tarona rekorde» S. si va b.).

Prev Article

STUDENT

Next Article

STUPA