SUBSTRAT (lot. substratum — toʻshalma, asos) — 1) biologiyada — oʻtroq yashaydigan organizmlar yopishadigan asos; tashqi mugʻitning tayanch elementi, mas, bentosdagi organizmlar uchun suv tubi. Substrat mikroorganizmlar va oʻsimliklar uchun oziq muhiti ham boʻladi;
2) biokimyoda — ferment taʼsirida oʻzgaradigan modda.