SUD (slavyancha sud — ish) — odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va b. toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Sud boshqa davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi lozim. Sudlar odatiy va favqulodda Sud larga boʻlinadi. Favqulodda Sudlarni tashkil etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy Slar umumiy vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona, soliq (moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va h. k. sudlar boʻlishi mumkin. Sudning alohida turlari konstitutsiyaviy va maʼmuriy Sudlar hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlarda, shuningdek, diniy Sudlar (mas, musulmon mamlakatlari — Eron, Pokiston, Sudan va b. da shariat S. lari) va odatiy huquq Sudlari (mas, tropik Afrika va Okeaniyadagi bir kancha mamlakatlarda kabila Sudlari) ham mavjud. S, shuningdek, instansiyalarga koʻra: birinchi instansiya Si, apellyatsiya, kassatsiya va nazorat Sudlari, hududiy darajasi boʻyicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy Sudga boʻlinadi.
Sud hozirgi Oʻzbekiston hududida davlatchilikka xos koʻp asrlik tarixga ega. Sud faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, anʼanalari va maʼnaviy negiziga asoslanib, obrueʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan kishilar amalga oshirishgan. Ular chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. Oʻzbekistonda qariyb 13 a. davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi hamda xalq urfodatlari va anʼanalariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud bulgan. Oʻrta Osiyoni zabt etganidan sung mustamlakachi chor hokimiyati Rossiya qonunlariga amal qiluvchi Sudlarni tuzdi. 1917-y. Okt. toʻntarishidan soʻng «xalq» S. lari va tribunallar taʼsis etildi. Ular kommunistik partiya va inqilob manfaatlariga xizmat qildi, qonunga emas, «proletarcha ong»ga suyanardi. Sud oʻrnini koʻp xrllarda «maxsus kengash», «uchlik komissiya» kabi maʼmuriy tuzilmalar egallagandi. Sud adolatga emas, vahshiyona qatagʻon, shafqatsiz jazolashga xizmat qildi. Sud batamom partiya va sovet ijroiya organlariga karam edi.
Mustaqilikka erishilgandan soʻng Oʻzbekistonda huquqiy davlat barpo etishning tarkibiy vazifasi sifatida sudhuquq islohoti oʻtkazilmoqda. Sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil ish yuritishi va Sud faoliyatining boshqa asosiy prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida eʼtirof etildi (106 — 116moddalar), yangi sud tizimi barpo qilindi, «Sudlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (1993-y. 2 sent., yangi tahriri 2000-y. 14 dek.) va bir qator qonunlar amalga kiritildi. Sud tomonidan chiqarilgan hujjatlar barcha davyaat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
Qonuvda belgilangan hollardan tashqari S. larda barcha ishlar oshkora yuritiladi (q. Sudlovning oshkoraligi). S. ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida va muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Sudning faoliyati qonun usduvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgandir.
Gʻafur Abdumajidov.