SUKARNO (Sukarno) Ahmad (1901.6.6, Surabaya — 1970.21.6, Jakarta) — Indoneziya jamoat va davlat arbobi. Bandung texnologiya in-tini tugatgan (1925). Indoneziya milliy partiyasini tuzishda faol katnashgan va uning 1raisi (1927). 1929 i. dek. da Gollandiya mustamlaka hukumati tomonidan xibsga olingan va partiya tarqatib yuborilgan. Ozodlikka chiqqandan soʻng, 1931-y. tashkil etilgan Indoneziya partiyasiga kirgan va uning raisi etib saylangan. 1933-y. yana qamoqqa olinib, Flores o. ga surgun qilingan va keyinchalik, Jan. Sumatraga koʻchirilgan (1938—42). Indoneziya Yaponiya tomonidan bosib olingan vaqtda (1942 — 45) Sukarno yapon hukmdorlari bilan rasman xolisona munosabatda boʻlsada, mamlakat ozodligi manfaatlari uchun kurashni hamda maxfiy milliy vatanparvar tashkilotlar bilan aloqalarni davom ettirgan. Sukarno gitlerchilar Germaniyasini va militaristik Yaponiyaning siyosatini qoralagan. 1945-y. 17 avg. da u mamlakatda Gollandiya mustamlaka tuzumi tugatilganligi va mustaqil Indoneziya Respublikasi tuzilganligini eʼlon kilgan. S. Indoneziya Respublikasining 1-prezidenta boʻlgan. U Osiyo va Afrika mamlakatlarining 1955-y. dagi Bandung konferensiyasi tashabbuskori. 1965-y. 30 sent. da harbiy guruh hokimiyat tepasiga kelishi natijasida Indoneziya siyosiy hayotida Sukarnoning mavqei pasaygan. 1966-y. martda hokimiyatni Suxartota topshirgan.