SULH — 1) umuman kelishuv, totuvlik, tinchlik;
2) urushuvchi tomonlar oʻrtasidagi yarashuv. Tomonlarning kelishuvi bilan butun front boʻylab (umumiy Sulh) yoki uning ayrim qismida (mahalliy Sulh) harbiy harakatlar vaqtincha toʻxtatiladi. Umumiy S. dan keyin, odatda, sulh shartnomasi tuziladi.