SUPERFOSFAT, (SaN2RO4) 2 H2OQSO4 (erkin N3RO4 aralashmali) — asosiy fosforli oʻgʻit. Tabiiy fosfatlardan (apatit va fosforitdan) yoki appatit konsentratidan sulfat kislota bilan ishlab olinadi. Sanoatda bir necha xil Superfosfat ishlab chikariladi. Kukun (oddiy) Superfosfat — tez taʼsir qiluvchi, deyarli mushtlanmaydigan, rezina hidi keladigan kulrangoq unsimon universal oʻgʻit. 19,5% fosfat angidrid boʻlgan oliy navi va 18% fosfat angidrid boʻlgan birinchi navi ishlab chikariladi. Donador Superfosfat kukun Superfosfatni donadorlash va quritish yoʻli bilan olinadi. Fizik xususiyatlari yaxshi, saqlanganda mushtlashib qolmaydi. Donadorlar namligi 2 — 4% (kukun Superfosfat niki 12—13%). Tarkibidagi erkin kislota 2,5—1% boʻlgani uchun oʻzlashtiriladigan fosfor (19,5% dan kam emas) kukun Superfosfatga keraganda birmuncha ortiq. Qoratov fosforitidan olingan donador Superfosfat tarkibida kamida 14% R2O5 va kupi bilan 2,5% erkin kislota boʻladi.
Ammoniylashgan Superfosfat superfosfatni suvsiz ammiak, ammiakli eritma yoki ammiakatlar . bilan toʻyintirib olinadi. Uning tarkibi kiritilgan ammiak miqdoriga bogʻliq. Ammiak kam dozada boʻlganda Superfosfatning erkin kislotasi (N3RO4) bilan monoammoniyfosfat (NH4H2PO4) hosil qiladi, oʻgʻitda suvda eruvchi R2O5 mikdori kamaymaydi. Ammiak koʻp miqdorda kiritilganda monoammoniyfosfat va sitratda ertuvchan dikalsiyfosfat hosil boʻladi, yaʼni suvda eruvchan R2O5 mikdori kamayadi. Yaxshi fizik xususiyatlarga ega; namlanmaydi, mushtlashib krlmaydi, sochiluvchan, idish va qishloq xoʻjaligi. mashinalarining metall qismlarini yemiradigan erkin kislotadan xoli. Nisbatan yuqori samaraligi bilan ajralib turadi. Qoʻsh S. — apatit konsentratini fosfat kta bilan ishlab olinadigan konsentrlangan fosforli oʻgʻit. R2O5 mikdori 44—46%. Marganesli Superfosfat tarkibida 14—19,5% R2O5 dan tashkari 1,5—2,5% marganes boʻladi, borli Superfosfatda 0,1—0,3% bor va molibden l i S. da 0,1% molibden boʻladi.
Dunyoda ishlab chiqariladigan fosforli oʻgʻitlarning yarmiga yaqini Superfosfatga toʻgʻri keladi. Superfosfatni hamma tipdagi tuproqlarda har xil usullar bilan xamma ekinlarga qoʻllash mumkin.
Sugʻorma dehqonchilikda qoʻproq ammoniylashgan S, shuningdek, ammofos qoʻllaniladi, bu oʻgʻitlarning asosiy qismi kuzgi shudgorda, qolgani oʻsuvgullash fazasida solinadi.
Ad.: Nabiyev M. N., Azotnokislotnaya pererabotka fosfatov, t. 1—2, T., 1976; Vishnyakov A. A., Fosfornыye udobreniya iz karatauskix, guliobskix i drugix fosforitov, T., 1972.
Risqivoy Yoqubov.