SUV CHAYONLARI

SUV CHAYONLARI (Nepidae) — qandalalar oilasi. Uz. 15—50 mm, qorin boʻlimining keyingi uchida uzun nafas olish nayi bor. Oldingi oyoklari tutqichga aylangan. 200 ga yaqin turi, jumladan, Oʻzbekistonda 2 turi tarqalgan. Oʻsimliklarga boy oqmaydigan yoki sekin oqadigan suv havzalarida uchraydi. Yirtqich, mayda suv hayvonlari, jumladan, baliq chavoqlarini yeb, birmuncha ziyon yetkazadi.

Prev Article

SUV XOʻTIKCHALARI

Next Article

SUV CHANGʻI SPORTI