SUV OSTI KEMASI — asosan suv ostida suzishga moslashtirilgan kema. Strategik, operativtaktik xamda boshka jangovar vazifalarni suv ostida hamda suv ustida bajarishda foydalaniladi. Bu kemalarning tomchisimon yoki sigarasimon shakldagi korpusi poʻlat yoki titandan yasaladi. Suv osti kemasi suv ostida atom qurilmalari, elektr toki akkumulyatorlari; suv ustida atom energiyasi yoki dizel qurilmasi, suv ostiga uncha chuqur tushmagan holatda esa dizel qurilmalari yordamida harakatlanadi.
Suv osti kemasi bajaradigan vazifasiga qarab, ballistik raketalar va oʻzoʻzidan moʻljal oladigan qanotli raketalar, torpedalar, raketatorpedalar, minalar bilan qurollantiriladi; gidroakustik, radiolokatsion apparatura bilan jihozlanadi. Asosiy quroliga qarab, strategik yoki operativtaktik vazifani bajaradi. Asosiy kuroli — yadro zaryadlari yordamida uzoqqa otiladigan ballistik raketalar. Bunday Suv osti kemasida, odatda, kema okeanda uzok, vakt turishiga imkon beradigan elektr kurilmalar boʻladi. Operativtaktik vazifalar bajaradigan Suv osti kemasi raketa va torpeda otuvchi, mina qoʻyuvchi, radiolokatsion dozorlik hamda transportdesantlik vazifalarini bajaruvchi kemalarga boʻlinadi. Dushmanning suv usti kemalari bilan kurashishga moʻljallangan Suv osti kemasi oʻzoʻzidan moʻljal oladigan raketatorpedalar bilan qurollantiriladi. Mina qoʻyuvchi Suv osti kemasi turli maqsadlarga moʻljallangan minalar va mudofaalanish torpedalari bilan kurollanadi.
Suv osti kemasini kurish 17-a. dan boshlandi. Birinchi Suv osti kemasini Londonda golland olimi K. van Drebbel (1620), Rossiyada havaskor ixtirochi Yefim Nikonov (1724), Shim. Amerikada D. Bushnell (1776), Fransiyada R. Fulton (1801), Germaniyada V. Bauer (1850) kurdi. Bu S. o. k. larida mis yoki temirdan yasalgan korpus, suv toʻlgʻazish uchun sisterna, eshkak yoki qoʻlda aylantiriladigan eshkakli parraklar boʻlgan; ular dushman kemasining korpusiga maxsus moslamalar yordamida mahkamlab qoʻyiladigan minalar bilan kurollangan (minalar dushman kemasi korpusiga xoda yoki garpun bilan yetkazilgan).
20-a. boshlariga kelib harbiydengiz floti boʻlgan davlatlarning deyarli hammasi jangovar Suv osti kemasi kura boshladi. 20-a. 50yillaridan boshlab dastlab AQSH va SSSR, keyin esa Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlari atom qurilmalari boʻlgan Suv osti kemasi kura boshladi. Bu hol S. o. k. ning suv ostida uzok, vaqt boʻla olishiga va yurish tezligini keskin oshirishga imkon berdi. 60yillarda SSSR va AQSH da atom bombasi bilan kurollangan Suv osti kemasi paydo boʻldi.