SZIN

SZIN, Oltin, Altan xonligi — oʻrta asrlarda hoz. XXRning shim.sharqida yashagan jujanlarning davlati va sulolasi (1115—1234). Jujanlarning kidanlar zulmiga qarshi kurashi jarayonida barpo etilgan. 1125-y. S. kidanlarning Lyao davlatini tugatib, uning hududini bosib olgan. 1125—27 y. larda Xitoyning Shim. Sun sulolasi-ga qarshi kurash olib borib, Shim. Xitoyning katta qismini, jumladan, imperiya poytaxti Kayfin sh. ni egallagan Szin qoʻshinlari Yanszi daryosi qiryuqlarigacha borishgan. 1139-y. S. Xitoyning Jan. Sun davlati b-n sulh bitami imzolagan. Unga koʻra, Jan. Sun davlati oʻzini Szinning vassali deb tan olgan. 12-a. oʻrtalariga kelib S. Sharqiy Osiyodagi kuchli davlatga aylangan. Uning tarki-biga hoz. Shim.-Sharqiy va Shim. Xitoy, Ichki Mongoliyaning bir qismi kirgan. Tangutlarning davlati Si Sya va Koreya xam Szinga vassal boʻlgan. Szin moʻgʻullar istilosi davrida barxam toptan.

Prev Article

SETSE PASHSHASI

Next Article

SZYULUN