SZYANSI — Xitoyning sharqiy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosining oʻng sohilida. Mayd. 164,8 ming km2. Aholisi 41,9 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Nanchan sh. Yer yuzasi markaziy va shim. kismida allyuvial pasttekislik, qolgan qismi togʻlik, eng baland joyi 1696 m. Iqlimi subtropik mussonli iqlim. Yillik yogʻin 1400—1700 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan. Iqgisodiyotida dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, arpa, batat, dukkaklilar, paxta, jut, shakarqamish ekiladi. Sitrus mevalar yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlanadi. Volfram, toshkoʻmir, rux, qoʻrgʻoshin qazib olinadi. Toʻqimachilik, mashinasozlik, kimyo, oyna-shisha, metallurgiya, qogʻoz sanoati korxonalari bor. S. qadimdan oʻzining chinni buyumlari bilan mashhur. Bu yerda Xitoyda eng katta chinni f-kasi joylashgan. Daryolarida kema qatnaydi.
Szyansi hududida mil. av. 7—4-a. larda Si, Yue, Chu podshohliklari boʻlgan. Mil. av. 3-a. da Sin imperiyasi tarkibidagi Szyuszyan viloyati edi. 13-a. da Xitoyni moʻgʻullar bosib olgach, Szyansi provinsiyasi tarkib topgan.