SHILLER

SHILLER Iogann Kristof Fridrix (1759.10.11, Nekkar boʻyidagi Marbax — 1805.9.5, Veymar) — nemis shoiri, dramaturg, tarixchi, sanʼat nazariyotchisi. Nemis mumtoz adabiyotining asoschilaridan. Lyudvigsburgdagi lotin maktabini tugatgach (1772), harbiy maktab (akademiya) ning huquq va tibbiyot boʻlimlarida oʻqigan. Akademiyadagi maslaqdosh doʻstlari bilan birga «muxolif poetik klub» tuzgan. Shillerning oʻzaro insoniy munosabatlardagi nafrat va gʻarazgoʻylikni tasvirlovchi «Qaroqchilar» (1781) singari dastlabki asarlari shu klubda muhokama etilgan. Mazkur tragediyada uslubiy har xillik (shekspirona tragizm, barokko sanʼatiga xos istioraviylik, Russo asarlariga xos notiqlik) ka yoʻl qoʻyilgan boʻlsada, u nemis dramaturgiyasida siyosiy yoʻnalishga ega boʻlgan yangi lirik drama janrini boshlab bergan.

Shiller tibbiy akademiyani tugatgach (1780), Shtutgartga polk feldsheri etib yuborilgpn. Ammo «Qaroqchilar»ning Mangeym shahrida iambyish etilishiga ruxsatsiz ketgani uchun hibsga olingan va unga ijod bilan shugʻullanish man etilgan. Shiller 1782 yil gersog taʼqibidan qochib ketib, «Luiza Miller» («Makr va muhabbat»ning dastlabki nusxasi) dramasini tugatgan. 1783-yil Mangeymga borib, shahar teatrida dramaturg lavozimini egallagan, dastlabqi yyesalarini shu teatr uchun qayta ishlab bergan va «Reyn Taliyasi» jur. ni nashr etgan. Ammo moddiy barqarorlikka erishish niyatida dastlab Leypsigga, keyin Drezdenga koʻchib oʻtgan. U shu davrda tarixiy oʻtmish mavzui bilan qiziqib, «Fiyeskaning Genuyadagi fitnasi» (1783), «Don Karlos» (1783—87) dramalarini, vatanparvarlik gʻoyalari kuylangan sheʼrlari («Shodlik uchun», «Uzlat», «Yengilmas armada» va boshqalar)ni, «Ruhnazar» (1786) romanini yozgan, «Ajoyib isyonlar va fitnalar tarixi» turkumida kitoblar yaratishga kirishgan (1j., 1787), «Birlashgan Niderlandlarning ispan hukmdorligidan chiqish tarixi» ustida ish olib borgan.

1787-yil Veymarga koʻchib borishi hamda Gyote bilan yaqin aloqada boʻlishi Shiller ijodi va dunyoqarashida yangi davrning boshlanishiga sabab boʻlgan. U 1789-yilda Gyote yordami bilan Yen untida tarix prof. lavozimini egallab, «Jahon tarixi nima va u qanday maqsadda oʻrganiladi?» degan mavzuda maʼruzalar oʻqigan. I. Kant asarlari taʼsirida «Sanʼatdagi fojiaviylik toʻgʻrisida» (1792), «Nafosat va qadr-qimmat toʻgʻrisida», «Tantanavorlik toʻgʻrisida» (1793), «Insonni estetik tarbiyalash toʻgʻrisida xatlar» (1795), «Sodda va sentimental sheʼriyat toʻgʻrisida» (1796) singari ilmiy ishlar yaratgan. Shillerning talqiniga koʻra, estetik tarbiya kishilar oʻrtasida insoniy munosabatlarning barqarorlashishi, ularda insonparvarlik fazilatlarining shakllanishiga xizmat qilishi zarur. Uning 80—90-y. lar lirikasida xuddi shu yoʻnalishdagi histuygʻu va kechinmalar ifodalangan.

Erkin dunyoni barpo etish orzuideali bilan real voqelik oʻrtasidagi ziddiyat Sh. ijodidagi yetakchi kolliziyani tashkil etadi. Mazkur kolliziya Sh. ning nafaqat tragediyalari, ayni paytda sheʼriy asarlarining ham zamirida yotadi.

Shillerning tragediya janridagi eng yaxshi asarlaridan biri «Mariya Styuart» boʻlib, uning syujeti 16-asrdagi Angliya hayotidan olingan. Shiller bu ruhiyfalsafiy tragediyasida yunon tragediyasiga xos kompozitsiyadan foydalangan. Janna dʻArk jasoratiga bagʻishlangan «Orlean qizi» (1801), antik tragediya anʼanalarini rivojlantirish maqsadida yozilgan «Messian kelini» (1803) tragediyalari, shuningdek, milliy ozodlik gʻoyasi bilan yoʻgʻrilgan «Vilgelm Tell» (1804) xalq dramasi ham Shiller ijodida muhim oʻrinni egallaydi.

Shillerning «Qaroqchilar» (1921, 1955, 1975), «Makr va muhabbat» (1921, 1936, 1951, 1959) va «Mariya Styuart» (1976) tragediyalari hoz. Oʻzbek milliy teatri sahnasida qoʻyilgan.

As. Dramm. Stixotvoreniya, M., 1975; Makr va muhabbat, T., 1936.

Ad.: Lozinskaya L. Ya., Shiller, M., 1960; Shiller. Velichiye i tragediya nemeskogo geniya, M., 1964; Laknshteyn P., Jizn Shillera, M., 1984.

Prev Article

SHILDIRBOSH

Next Article

SHILLING Pavel Lvovich