SHISHA — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Sh., oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha
Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin.
Oksid Shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi.
Xalkogenid Shisha sulfidlar, selenidlar va telluridlar asosida olinadi. Margimush sulfid (A8,83), surma sulfid (8253), selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar (A$2Te3) asosidagi Shishalar maʼlum.
Galogenid Shisha berilliy ftorid VeGʻ2 va rux xlorid 2pS12 asosida olinadi.
Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi (qavslarda Shisha hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan): silikat Shisha (8Yu2), borat Shisha (V,03), fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha, (Oe02), borosilikat Shisha (V20, va 8Yu2), alyumosilikat Shisha (A1203 va 8Yu2).
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Sh. si (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), meʼmorlikqurilish Shishasi, avtomobil Sh. si, termik barqaror Shisha, kimyoviy lab. Sh. si, tibbiyot Sh. si, optik Shisha, elektrovakuum Shishasi, yorugʻlik texnikasi Sh. si, idish Sh. si, navli Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saklaydigan Shisha, yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Shishasi, oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan Shisha va h. k. ishlab chiqariladi.
Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars Sh. si sanoatda kremniy dioksid 8Yu2 asosida olinadi. Me20p 8Yu2 (bu yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli eruvchan binar ishqoriysilikat Shisha ham sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi, meʼmorlikqurilish, navli, idish va boshqalar sanoat Shisha lari asosini №20—SaO—8Yu2 uchlik sistemadagi kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu oksidlardan tashqari ular tarkibiga Shisha iing kristallanishga moyilligini susaytiruvchi M§0 va kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Baʼzi Shisha turlarining kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan.
Shishaning xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli xossasi uning shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83 — 90%, optik Shisha niki esa 99,95% gacha). Shisha moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda sezgir. Zichligi 22008000 kg/m3.
Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (q. Vulkan shishasi). Sunʼiy Shishaning paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. Shishaga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganes va kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.
2 muhim masala — shaffof Shisha tayyorlash va mahsulotga puflab shakl berish hal qilingandan boshlab shishasozlik texnologiyasida muhim oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr oxirigacha shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi, 20-asrning 20-y. laridan boshlab turli xil Shishalar ishlab chiqarish avtomatlashtirildi.
Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar, meʼmorlik qismlari, manzarali kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan, kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy bezak toshlar, Shisha mozaika va boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy Misr (mil. av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya, Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi shishasozlik maktablarining ish tajribalari yozilgan asar va kitoblarning eng qadimgisi mil. av. 2 ming yillarga oid boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat topilgan. Aynan shu mamlakatda loyga mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan mil. av. 7-asrga taalluqli jadvallarda eng qadimgi rangli Shishalar tarkibi va tayyorlash usullari bayon etilgan. Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy Shisha buyumlar mil. av. 4-ming yillik oʻrtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr yodgorliklarida, keyinroq Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi. Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub Shisha mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar yodgorliklarida topilgan.
Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa, tamga va boshqalar), asosan, sopol qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin ular boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori, feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy shishachilik markazi sifatida Vizantiya shuhrat qozondi, Gʻarbiy Yevropada gotika davrida vitraj sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi.
Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda Suriya Sh. si mashhur boʻldi. 15—16-asrlarda Venetsiya Sh. si, 17-asrda Chexiya Sh. si dongtaratdi. 1770-y. lardan (dastlab Angliyada) billursimon Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi. 19-asr oxiri va 20asr boshida Shishadan amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila boshlandi.
Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida shaffof va turli rangli Shisha mahsulotlar tayyorlangan. Tuxolo (Toxarisgon) (hoz. Oʻzbekistonning janubi va Tojikistonning bir qismini oʻz ichiga olgan davlat)da havorang, qizil rangli Shisha tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari oʻsha davrlarda Samarqandda ham Shishadan bezak buyumlari ishlanganligini qoʻrsatadi. Bolaliktepadan topilgan nok shaklidagi medalyon (2,5×2 sm) Shishasi yashil boʻlib, gardishga oʻrnatilgan. Movarounnahr 9—10-asrlarda Shishasi bilan ham shuhrat qozongan. 10 — 12asr shishasozlari metall qoliplar, qirquvchi, randalovchi dastgohlardan foydalanib badiiy Shisha mahsulotlari tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari, pardoz butomlari Shishadan ishlangan. Oʻrta asrlarda Shisha meʼmorliqda ham ishlatilgan. Venetsiyalik sayyoh Klavixo oʻz xotiralarida Samarqandning ulugʻvor binolarida rangli Shisha ishlatilganini yozgan.
Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki, Ishratxona maqbarasining ganch panjaralarida rangli Shisha ishlatilgan. Buxoro ham qadimdan oʻz Shishasi bilan mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta asrlarda Shisha tayyorlovchi ustalarning doʻkonlari boʻlgan.
Xitoy manbalarida Oʻzbekiston hududidan Xitoyga borgan ustalarning mil. 424-yilda shu yerli xalqni shishasozlik sirlari bilan tanishtirganliklari, Shishadan imperator uchun maxsus taxt yasab berganliklari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Amerika olimi E. Sheferni «Samarqandning oltin shaftolilari» nomli kitobida (1881 yil) Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-asrlar) Fargʻonadan (675 va 761-yillar), Toxaristondan (hoz. Surxondaryo viloyati) (730 va 741-yillar) va Keshdan (hoz. Shahrisabz) (746-yil) qizil va koʻk, havorang, tiniq va shaffof Shishalar (xitoycha «boli») va qimmatbaho tabiiy toshlar singari nur oʻtkazmaydigan rangli Shishalar (xitoycha «lyuli») olib borilganligi qayd etilgan. Bu maʼlumotlar ilk oʻrta asrlarda shishasozlik Oʻzbekiston hududida yuqori darajada rivojlanganligini qoʻrsatadi.
Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) komponentlarini tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil qilish), pishirish, Shisha massasini sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars qumlari, soda, potash, ohaktosh, kaolin, dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi materiallar oʻrnida boʻyagichlar (kobalt, nikel, temir, xrom, mis oksidlari va boshqalar), oksidlovchilar (natriy yoki kaliyli selitra va boshqalar) va qaytaruvchilar (koʻmir, koks, vino toshi, qalay birikmalari) ishlatiladi.
Shisha sanoatda, asosan, vanna pechlarida va maxsus xumdonlarda pishiriladi. Shisha pishirish jarayoni Shisha massasini suyuqlantirish, tiniqlashtirish (havo va boshqalar gazlardan tozalash), gomogenlash va sovitishni oʻz ichiga oladi. Shisha 1400 — 1450°da pishiriladi, 14601500°da tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya qilinadi, 1200 — 1300°da sovitiladi. Shishaga shakl berish va undan buyumlar yasash presslash, puflash, choʻzish va prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi. Shishani 500—600»da (shishalanish trasidan 20—30° yuqori) astasekin sovitish yoki sovitish trasidan keskin sovitish (toblash) yoʻli bilan undagi ichki kuchlanishlarning bir tekis taqsimlanishiga erishiladi. Shisha toblanganda mexanik mustahkamligi ortadi.
Shisha xalq xoʻjaligida (sanoat inshootlari qurilishida), Sh. tola va Shisha plastiklar ishlab chiqarishda, texnikaning turli sohalarida — optika, asbobsozlik, yorugʻlik texnikasi, elektrovakuum sanoatida kimyoviy lab. jihozlari, Shisha idishlar, badiiy va maishiy buyumlar ishlab chiqarishda keng qoʻllanadi.
Ad.: Abdurazakov A. A., Bezborodov M. A., Zadneprovskiy Yu. A., Steklodeliye Sredney Azii v drevnosti i srednevekovye, T., 1963; Amindjanova M., Sayko E., Keramika, steklo i farfor v Sredney Azii, T., 1968; Artamonova M. V., Aslanova M. S., Bujinskiy I . M . i dr., Ximicheskaya texnologiya stekla i sitallov, M., 1983; Abdurazakov A. A., Bezborodov M. A., Srednevekovme stekla Sredney Azii, T., 1966.