Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

SHOʻRBUTA

SHOʻRBUTAshoʻradoshlar oilasiga mansub chala buta. Boʻyi 50—150 sm. Poyasi tuklar bilan qoplangan. Barglari navbatlashib joylashadi, mayda, seret. Toʻpguli yoyiq roʻvaksimon. Gullari ikki jinsli. Iyul — sentyabrda gullab, meva beradi. Oʻzbekistonda shoʻrxok yerlarda, ekinlar orasi va boshqalar yerlarda begona oʻt holida uchraydi.

Prev Article

SHOʻRBULOQSOY

Next Article

SHOʻRVA