SHREDER Rixard Rixardovich

SHREDER Rixard Rixardovich (1867.15.10, Moskva 1944.27.4, Toshkent) — q. x. sohasidagi olim, VASXNIL akad. (1935), Oʻzbekiston FA akad. (1943), prof. (1918), q. x. fanlari d-ri (1936), Mehnat Qahramoni (1927). Moskva untining fizika matematika f-tini (1891) va Petrovsk q. x. akademiyasini tugatgan (1894), shu yerda xususiy dehqonchilik kafedrasida assistent (1895-1900). Germaniya, Shveysariyada malaka oshirgan (1900-02), 1902-yildan umrining oxirigacha Turkiston q. x. tajriba styasi (hoz. akad. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti) rahbari. Turkiston q. x. jamiyati prezidenti (1904—18). Turkiston xalq untini tashkil etishda faol qatnashgan (1918), Oʻrta Osiyo unti qishloq xoʻjaligi f-tining birinchi dekani va prof. Shreder rahbarligida gʻoʻza, don, meva, rezavormeva, sabzavot ekinlari, pillachilik va boshqalar sohalarda keng qamrovli tadqiqotlar olib borildi, ayniqsa, bogʻdorchilikka katta ahamiyat berildi. Kuzgi bugʻdoyning «Qora kaltak» yoki №584 navini, gʻoʻzaning oʻz davrida mashhur, tezpishar №1306 yoki «Shreder» navini yaratgan. Mevali oʻsimliklar kolleksiyasini tashkil etib, olma, nok va boshqalarning 200 dan ortiq navini oʻrgangan. Uning ishini keyinchalik oʻgʻli A. G. Shreder (Argus, Toshkent borovinkasi, Toshkent kalvili, Pskent olmasi va boshqalar navlari yaratgan), nabirasi Ye. A. Shreder (Choʻlpon, Goʻzal, Oltin olma va boshqalar navlar muallifi) davom ettirdi. Intda chiqarilgan serhosil uzum («Shreder ertagisi»), qulupnay («Shreder xotirasi»), olma («Shreder reneti») navlari uning nomi bilan atalgan. Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish intining 100-yilligi munosabati bilan institut markaziy binosi oldida bronza byusti oʻrnatilgan (2001). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2004).

As: Deyatelnost Turkestanskoy selskoxozyaystvennoy stansii po polevodstvu, v chastnosti, po xlopkovodstvu. Pravleniye zemleustroystva i zemledeliya, T., 1913; Kultura xlopchatnika v Sredney Azii, M., 1925.

Ad.: Trudы plodoyagodnogo instituta im. akad. R. R. Shredera, vsh. 18 (18981948), T, 1950; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983.

Prev Article

SHPROTLAR

Next Article

SHREDER ERTAGISI