SHUMER

SHUMER, Sumer, Janubiy Mesopotamiya (hoz. Iroqning jan. qismi) dagi tarixiy viloyat. Mil. av. 3-ming yillik oxirigacha Shumerda shumerlar va qisman sharqiy somiylar — akkadlar yashagan. Taxm. mil. av. 3-ming yillikda u yerda sinfiy jamiyat va davlat vujudga kelgan. Ilk sulolalar davri (mil. av. 2700—2300) da Shumerda mixxat paydo boʻlgan. Shumer dagi quldorlik shahar davlatlari (Uruk, Kish, Ur, Lagash, Akkad va boshqalar) oʻrtasida gegemonlik uchun kurash avj olgan. Mil. av. 24-asrda Akkad hukmdori Sargon butun Mesopotamiyani oʻz qoʻl ostida birlashtirgan. Keyinchalik Shumer Bobil davlati tarkibiga qoʻshib olingan.

Prev Article

SHUMANAY TUMANI

Next Article

SHUMER TILI