TAMPIKO

TAMPIKO — Meksikaning sharqiy qismidagi shahar. Tamaulipas shtatida, Panuko daryosining quyilish yerida joylashgan. Meksika qoʻltigʻi sohilidagi port. Mamlakatning yirik neft qazib olinadigan va qayta ishlanadigan rni markazi. Kimyo, oziq-ovqat sanoatlari va qishloq xoʻjaligi. mashinasozligi korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Tampikodan Mexiko va Reynosa sh. lariga gaz, shuningdek, Tuspan va PosaRika sh. lariga neft kuvurlari oʻtkazilgan. Tampikoga mustamlakachilar kelgunga qadar asos solingan. 1683-y. da qaroqchilar tomonidan vayron kilinib, 1823-y. da kayta tiklangan.

Prev Article

TAMPERE

Next Article

TAMTAM