TANA — Don daryosining soʻl qirgʻogʻida, Azov sh. (Rostov viloyati) atrofida mavjud boʻlgan qad. shahar. Venetsiyalik va genuyalik savdogarlarning savdo manzilgohi sifatida 12-a. oxiridan maʼlum. 13 — 14-a. larda Oltin Oʻrda hukmronligi ostida. 1475-y. turklar tomonidan egallangan va bir ozdan soʻng barham topgan.