TARIX INSTITUTI

TARIX INSTITUTI, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti — Oʻzbekistan, oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini oʻrganuvchi, tarix sohasidagi i. t. larni muvofiqlashtiruvchi, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlovchi tadqiqot muassasasi. 1943-y. 4 noyab. da SSSR FA Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix inti negizida tashkil topgan. Dastlabki paytda intda sovet jamiyati tarixi, yangi tarix, kad. va oʻrta asrlar tarixi, arxeologiya, etn. hamda huquq boʻlimlari boʻlgan. Oʻzbekiston tarixini chuqur oʻrganish borasida olib borilgan i. t. ishlari koʻlamining kengayganligi hamda yetarli ilmiy kadrlar tayyorlanganligi tufayli mustaqil i. t. institutlari — Falsafa va huquq inti (1958, Toshkent), Arxeologiya inti (1970, Samarkand) ajralib chiqqan.

Sovet davrida hukmron mafkura taʼsirining katta boʻlishiga qaramasdan int xodimlari tomonidan Oʻzbekistonning eng k,ad., oʻrta asrlar, mustamlaka davri boʻyicha yirik i. t. ishlari amalga oshirilgan. Tarix institutining rivojida Ya. Gʻulomov, I. Moʻminov, M. Andreyev, O. Suxareva, K. Shoniyozov, P. Aminova, M. Oxunova, B. Lunin, H. Ziyoyev, R. Rajapova, D. Alimova va b. olimlarning xizmatlari katga boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi karori (1998-y. 27 iyul) int tashkiliy tuzilmasi va tarix fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Ushbu qarorga koʻra, tarixchilar tomonidan milliy mustaqillik nuqtayi nazaridan oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Institutning tadqiqot ishlari shu konsepsiya asosida amalga oshirilmoqda. Tarix instituti Oʻzbekiston hududlarida ilk davlatchilik asoslarini yuzaga keltirgan tarixiy shartsharoitlar va davlatning kelib chiqish masalasini atroflicha taxlil etish va aniqlash; oʻzbek xalqi etnogenezi muammolari boʻyicha arxeologik va barcha turdagi yozma manbalar tadqiqotlari natijalarini jamlash, har tomonlama ilmiyqiyosiy tahlil qilish va muvofiqlashtirish, eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, madaniy va maʼnaviy qayoti masalalarini oʻrganish, xolisona tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy, ilmiyommabop asarlar, darsliklar yaratish ustida ish olib boradi. Intda 30 dan ortiq monografiya, ilmiyommabop risola, 5 ta ilmiy toʻplam, 11 darslik va oʻquv qoʻllanmasi nashr etildi (1998—2004).

Tarix instituti qoshida Respublika tarix tadqiqotlarini muvofiqlashtiruvchi kengash; tarixiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarini muhokama va chop etish boʻyicha Respublika ekspert komissiyasi ish olib boradi. Tarix institutida doktorantura, aspirantura va tadqiqotchilik tizimi mavjud boʻlib, undan chet ellik tadqiqotchilar ham (jumladan, AQSH, Koreya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya va b. mamlakatlardan) foydalanadilar. Tarix instituti qoshida tarix fanlari dri ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash mavjud. Tarix instituti negizida barcha tarixchilarni birlashtiruvchi Yahyo Gʻulomov nomidagi «Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi» respublika ilmiy seminari muntazam faoliyat koʻrsatadi.

Tarix instituti «Oʻzbekiston tarixi» ilmiy jurnaliga ega (1998-y. iyulda asos solingan, yilda 4-marta nashr etiladi). Shuningdek, i. t. lar boʻyicha davriy toʻplamlar, «Oʻzbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar» va «Oʻzbekiston tarixining yangi sahifalari» turkumida ilmiyommabop toʻplamlar nashri yoʻlga qoʻyilgan.

Tarix instituti huzurida OʻzMU, Toshkent davlat sharqshunoslik inti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unti, Samarkand davlat unti va Nizomiy nomidagi pedagogika unti ishtirokida «Oʻzbekiston tarixi» qoʻshma kafedrasi tashkil qilingan hamda tarix faniga ixtisoslashtirilgan Toshkentdagi 9, 216 va Buxorodagi 6 oʻrta maktablar bilan hamkorlik olib boradi.

Tarix institutida xalqaro aloqalar keng yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, soʻnggi yillarda Toshkentda oʻtkazilgan bir qator xalqaro anjumanlarning («Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash», 1999, Germaniya bilan hamkorlikda; «Markaziy Osiyo tarix koʻzgusida: oʻtmishdan kelajakka», 2002, Koreya bilan hamkorlikda; «Markaziy Osiyo sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yoʻlida», 2003, Koreya bilan xdmkorlikda; «Sharq tarixida yoshlar harakati», 2003, Gollandiya bilan hamkorlikda) tashkilotchisi boʻldi. YUNESKO tomonidan nashr etilgan «Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi» koʻp jildlik asarning mualliflari tarkibida int ilmiy xodimlari — D. Alimova, R. Mukminova, R. Rajapova, E. Karimov, A. Muhammadjonovlar qatnashdilar.

Tarix institutining Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi, moddiy madaniyat tarixi, etn., tarixiy etn. va etnik tarix, tarixshunoslik va ilmiy bibliografik axborot, mustamlaka davri tarixi, mustaqillik davri tarixi boʻlimlarida 20 ta fan dri, 25 ta fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi (2004).

Prev Article

TARIX

Next Article

TARIX FALSAFASI